Sohalist

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-oktabr

Qisqacha

  • Kirish uchun Telegram akkauntingiz va telefon raqamingizni olamiz.
  • Raqamingiz bizneslarga faqat siz o‘zingiz yozsangiz yoki ularning taklifini tanlasangiz ko‘rinadi.
  • Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
  • Akkauntingizni istalgan vaqtda o‘zingiz o‘chira olasiz.

1. Kim javobgar

Sohalist sayti (sohalist.uz) va uning Telegram boti egasi hamda shaxsiy ma’lumotlar operatori: Asilbek Ilhomov, jismoniy shaxs, Toshkent, O‘zbekiston.

Ma’lumotlaringiz bo‘yicha savol, tuzatish yoki o‘chirish so‘rovi uchun @SohalistBot ga /aloqa buyrug‘i bilan yozing, masalan: /aloqa Ma’lumotlarimni o‘chirib bering. Xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri administratorga boradi. Odatda 3 ish kuni ichida javob beramiz.

Siyosat O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuzilgan.

2. Qanday ma’lumot yig‘amiz

Telegram orqali kirganda
Telegram ID, ism-familiya va username (Telegram’ning o‘zi beradi), siz ulashgan telefon raqami.
Profilingizda
O‘zingiz yuklagan rasm (avatar) va o‘zgartirgan ismingiz.
Profil ochsangiz (biznes yoki mutaxassis)
Biznes nomi, tavsifi, logosi, rasmlari, xizmatlar va narxlar, keyslar, filiallar manzili va xaritadagi joyi, ish vaqti, telefon, Telegram, WhatsApp, Instagram va sayt manzili.
So‘rov qoldirsangiz
So‘rov matni, yo‘nalishi, byudjet va muddat.
Xabar yozsangiz
Suhbatdagi xabarlar va siz yuborgan rasm yoki PDF fayllar. Botga “Reply” qilib yozgan javoblaringiz ham shu suhbatga saqlanadi.
Sharh va boshqa amallar
Sharhlaringiz va baholaringiz, sharhga shikoyatlar, sevimli bizneslaringiz, bizneslar takliflari.
Statistika
Biznes profili necha marta ochilgani va kontakt tugmalari (telefon, Telegram, WhatsApp, Instagram, sayt) qaysi biri necha marta bosilgani. Bu hisob kim bosgani bilan bog‘lanmaydi.
Texnik ma’lumot
Kirgan holatingizni saqlaydigan cookie. Hosting xizmati xavfsizlik uchun so‘rovlar jurnalini (IP manzil, brauzer turi, vaqt) qisqa muddat saqlashi mumkin.

Biz pasport, biometrik yoki to‘lov ma’lumotlarini yig‘maymiz.

3. Nima uchun ishlatamiz

  • Saytga parolsiz kirish va akkauntingizni himoya qilish.
  • Katalog, so‘rovlar, takliflar, suhbat va sharhlar ishlashi uchun.
  • Yangi xabar, so‘rov, taklif va sharh haqida Telegram orqali xabar berish.
  • Bizneslarni tekshirish, spam, soxta sharh va qoidabuzarlikka qarshi kurash.
  • Biznes egasiga uning profili haqida sodda statistika ko‘rsatish.

Ma’lumotlarni sotmaymiz, reklama tarmoqlariga bermaymiz va saytda reklama kuzatuvchilari (tracker) yo‘q.

4. Kim ko‘radi

Hamma (kirmaganlar ham)
Tasdiqlangan biznes profili va undagi kontaktlar, ochiq so‘rovlarning matni, yo‘nalishi va byudjeti (so‘rov egasi ko‘rsatilmaydi), sharhlar muallifining ismi va rasmi bilan.
Siz yozgan biznes
Suhbatda: ismingiz, rasmingiz va Telegram username’ingiz. Telefon raqamingiz faqat suhbatni siz boshlagan bo‘lsangiz yoki so‘rovingizda shu biznes taklifini tanlagan bo‘lsangiz ko‘rinadi.
So‘rovingizga taklif bergan biznes
So‘rov matni. Ismingiz va telefoningiz faqat siz uning taklifini tanlaganingizdan keyin ochiladi.
Administrator
Saytni boshqarish, tekshirish va qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqish uchun barcha ma’lumotlar, shu jumladan suhbatlar. Administrator suhbatlarga yoza olmaydi.

Ma’lumotlaringiz quyidagi xizmatlar orqali o‘tadi yoki saqlanadi:

  • Telegram: kirish va bildirishnomalar bot orqali ishlaydi. Telegram o‘z maxfiylik siyosati asosida ishlaydi.
  • Railway: sayt, ma’lumotlar bazasi va fayllar shu hosting xizmatining serverlarida saqlanadi.
  • OpenStreetMap: biznes sahifasidagi xarita shu xizmatdan yuklanadi, bunda brauzeringiz unga IP manzilingizni yuboradi. Yandex va Google xarita tugmalari faqat siz bosganingizda ochiladi.

Qonun talab qilgan hollarda ma’lumotlar vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.

5. Qayerda saqlanadi

Hosting serverlari O‘zbekistondan tashqarida joylashgan. Ma’lumotlar qonunda belgilangan xavfsizlik talablari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish standartlariga rioya qilingan holda saqlanadi. Saytga kirib, telefon raqamingizni ulashish orqali siz ma’lumotlaringizni shu tarzda saqlash va qayta ishlashga rozilik bildirasiz.

6. Qancha vaqt saqlanadi

  • Akkaunt va unga bog‘liq ma’lumotlar: akkauntni o‘chirmaguningizcha.
  • Kirish sessiyasi: 60 kun, keyin qayta kirish kerak bo‘ladi.
  • Kirish uchun vaqtinchalik kodlar: bir necha daqiqa.
  • Akkaunt o‘chirilgach, ma’lumotlar bazadan darhol o‘chadi, hosting zaxira nusxalaridan esa ularning muddati tugashi bilan o‘chadi.

7. Sizning huquqlaringiz

  • Ko‘rish va tuzatish: ism, rasm va biznes ma’lumotlarini profil va biznes panelida o‘zingiz o‘zgartirasiz.
  • O‘chirish: Profil → “Akkauntni o‘chirish”. Bunda bizneslaringiz, so‘rovlaringiz, xabarlaringiz, sharhlaringiz va yuklagan fayllaringiz o‘chadi. Sharhni alohida o‘chirish va so‘rovni bekor qilish ham mumkin.
  • Rozilikni qaytarib olish: akkauntni o‘chirish orqali yoki /aloqa buyrug‘i bilan.
  • Ma’lumot olish: qanday ma’lumotingiz saqlanayotganini /aloqa orqali so‘rashingiz mumkin.
  • Shikoyat: javobimiz sizni qoniqtirmasa, shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga murojaat qilishingiz mumkin.

8. Cookie va brauzer xotirasi

  • Sessiya cookie: kirganingizni eslab qoladi. Busiz saytga kirib bo‘lmaydi.
  • Faol biznes cookie: bir nechta biznesingiz bo‘lsa, panelda qaysi biri tanlanganini eslab qoladi.
  • Mavzu tanlovi: yorug‘ yoki qorong‘i rejim brauzeringiz xotirasida saqlanadi va bizga yuborilmaydi.

Reklama yoki tahlil (analytics) cookie’lari ishlatilmaydi.

9. Xavfsizlik

Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi. Sessiya kodi bazada shifrlangan (hash) ko‘rinishda saqlanadi. Suhbatdagi fayllar ochiq havola orqali berilmaydi: ularni faqat suhbat ishtirokchilari ko‘ra oladi. Shunga qaramay, internetda hech bir tizim 100% xavfsiz emas, shuning uchun suhbatda parol yoki karta ma’lumotlarini yubormang.

10. Yosh chegarasi

Sayt 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Profil ochish uchun 18 yoshga to‘lgan bo‘lishingiz kerak.

11. O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e’lon qilamiz. Muhim o‘zgarishlar haqida Telegram bot orqali ham xabar beramiz.

Maxfiylik siyosati · Sohalist