Sohalist

Mijozlar sizni o‘zi topadi

Biznes, kompaniya yoki xususiy mutaxassis — farqi yo‘q. Profil oching, ishlaringizni ko‘rsating va yo‘nalishingizdagi so‘rovlarga birinchi bo‘lib javob bering. Hozircha hammasi bepul.

Kim sifatida ochasiz

Biznes

Kompaniya, studiya, salon yoki do‘kon: jamoangiz bor. Logo, manzillar, jamoa va keyslar bilan to‘liq sahifa.

Mutaxassis

Yakka o‘zingiz ishlaysiz: usta, repetitor, fotograf, dasturchi. Ism va rasm, tajriba, tillar va portfolio. Manzil so‘ralmaydi, ishlaydigan hududlaringizni tanlaysiz.

Nima olasiz

Ochiq so‘rovlar

Buyurtmachi vazifani yozadi, siz narx va muddat bilan javob berasiz. Mijozning o‘zi sizni topishini kutish shart emas.

Keyslar va narxlar bir joyda

Sayt yoki chiroyli portfolio bo‘lmasa ham, profilingiz Google’da alohida sahifa sifatida chiqadi.

Xabarlar Telegram’da

Mijozlar saytdagi chat orqali yozadi. Har bir xabar va yangi so‘rov darhol Telegram’ingizga keladi, Reply qilib javob berasiz.

Oddiy statistika

Profilingiz necha marta ko‘rilgani, necha kishi raqamingizni ochgani va takliflaringiz natijasi.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Telegram orqali kiring

    Parol kerak emas. Bot raqamingizni bir marta so‘raydi.

  2. 2

    Profilni to‘ldiring

    Biznes: tavsif, manzil, logo va telefon. Mutaxassis: tavsif, hudud, tajriba va telefon. 10–15 daqiqa vaqt oladi.

  3. 3

    Saytga chiqaring

    Bir tugma — profilingiz darhol katalogda ko‘rinadi. Kutish yo‘q.

  4. 4

    So‘rovlarga javob bering

    Yo‘nalishingizdagi yangi so‘rovlar botga keladi. Taklifingizni botning o‘zida yoki panelda yozasiz.

Boshlash
Biznes va mutaxassislarga · Sohalist